«Arab tilidan ochiq darslar»2021

0
335

«ZIYO-ZUKKO UMUMTA’LIM MAKTABI» MCHJ da
«Arab tilidan ochiq darslar» haftaligi òtkazildi.
2-sinf òquvchilari òquv yili davomida arab tilidan egallagan bilimlarini turli xil she’rlar, qòshiqlar orqali namoyish qilishdi. Vatan, Maktab, Ona, Raqamlar, Ranglar haqida qòshiqlar ijrosi tashrif buyurganlar kònglidan joy egalladi.
Xalqaro Islom Akademiyasi professor ustozlari hamda ota-onalar tadbirimizning hurmatli mehmonlari bòlishdi.
Tadbirimiz sòngida òquvchilarimiz shahodatnomalar bilan taqdirlandilar.

2-A sinfining mavzusi «Assalom Bahor» deb nomlandi. Òquvchilar bahor faslini arab tilidagi turli qòshiq, she’rlar bilan tarannum etishdi. Tadbirda Vatan , Maktab, Ta’lim olish, Ranglar, Asalari, Ona haqida she’r va qòshiqlar yangradi. Ayniqsa Ranglar va Asalari qòshiģi tashrif buyurganlarning kònglidan alohida òrin oldi. Tadbirimizga Xalqaro Islom akademiyasi professor ustozlari tashrif buyurishdi.
Tadbir sòngida òquvchilar maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

2-B sinfining mavzusi » Ertaklar olamiga sayohat» deb nomlandi. Bunda arab xalqiga tegishli bòlgan «Alovuddinning sarguzashtlari» ertagining bosh qahramonlari Ali va Jasmin Òzbekistonga tashrif buyurishi yoritib berildi. Òquvchilar Vatan, Maktab, Arab tili, Raqamlar, Ranglar, Ota-ona haqida qòshiqlar kuylab òz bilimlarini namoyish etishdi. Tadbirning eng taxsinga sazovor joyi òquvchilarning afsonaviy Botir Zokirovning «Tango» qòshiģini òz ovozlari bilan kuylaganlari bòldi. Tadbirimiz mehmoni bòlib Xalqaro Islom Akademiyasi professor ustozlari qatnashdilar. Òquvchilarga ilm olishda charchamasliklarini, doimo olģa qadam tashlashlarini, kelajakda buyuk ilm egasi bòlib yetishishlarini tilagan holda ularni tabriklab, maqtov yorliqlarini topshirdilar.

 

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here