8 – mart «Halqaro xotin – qizlar» kuni. 2021

0
283

Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,
Bahor kabi beg’ubor mushtipar ayol.
Bo’ling doim salomat siz baxtimizga,
Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol.
Oʻlkamizga fasllar kelinchagi boʻlmish bahor fasli kirib keldi. Barcha insonlarni qalbini hursandchilik bilan to’ldirdi. Bahor faslida hamma insonlar shodu- xurram bo’lib, tabiat go’zalligidan bahra oladilar. Bir- birlarini ezgu ishlar qilishlikka, mehr muhabbat ulashishlikka oshno etadi. Bu faslda goʻzal bayramlarning nishonlanishi esa yanada zavq beradi.
Aziz va mo’tabar AYOLLAR!Sizlarni kirib kelgan 8 – mart «Halqaro xotin – qizlar» kuni bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Ushbu bayram munosabati bilan «Ziyo-Zukko umumtaʼlim maktabi» da navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi. Bu tadbirda maktabimizning barcha 2- sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar. Oʻquvchilar tomonidan ijro etilgan turli tillardagi sheʼr va qoʻshiqlar, mohirona namoyish etilgan sahna koʻrinishlari , tadbirga tashrif buyurgan onajonlarning kayfiyatini yanada koʻtardi. Oʻqituvchilar tomonidan ijro etilgan ayol va ona haqidagi qoʻshiqlar esa alohida eʼtirofga sazovor boʻldi. Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo boʻlsin. Diyorimizda mana shunday bayramlar nishonlanaversin!

 

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here