«G’azal mulkining sultoni»

0
82

5-fevral kuni «Ziyo-zukko umumta’lim maktabi»da Hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag’ishlab «G’azal mulkining sultoni» nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirga «Do’stlik» ordeni sohibasi Zulfiya Mo’minova, «Gulxan» jurnalining bosh muharriri o’rinbosari Nilufar Jabborova, Xalqaro Islom Akademiyasining nufuzli professor o’qituvchilari mehmon sifatida tashrif buyurdilar. Tadbir juda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. O’quvchilar Alisher Navoiyning g’azallari, ruboiylarini o’zbek, rus, ingliz, arab, turk tillarida ifodali yod olishdi. Undan tashqari, maktabimiz hodimlari tomonidan Alisher Navoiyning «Fido» g’azali mumtoz qo’shiq tarzida ijro etildi va barchani xushnud etdi. Hazrat Navoiyning eng buyuk asari bo’lmish «Xamsa» asaridan sahna ko’rinishi o’quvchilar tomonidan ijro etildi. Kuy-qo’shiqlar va raqslar tadbirga yanada o’zgacha shukuh bag’ishladi. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, buyuk mutafakkir va shoir, o’zbek tili asoschisi Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosini o’rganish, yoshlarni kitobga va she’riyatga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat bo’ldi. Tashrif buyurgan mehmonlarda tadbir juda katta taassurot qoldirdi va ular o’zlarining iliq fikrlarini bildirdilar.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here