“Funny English” 2021

0
328

‘Ziyo- Zukko umumta’lim maktabi» MCHJ 2021 yil 2-fevral kuni O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining faollar zalida , ingliz tilida 3-sinf o’quvchilari o’rtasida » Funny English» nomli musobaqa bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalari asosida turli topshiriqlarni bajarib, o’zaro bilimlarini sinashdi. Ular “Introduction of the groups”(tanishtiruv), “spelling bee”(so’zlarni harfma harf aytib berish), “making sentences”( to’g’ri gap tuzish), “blitz questions” (blitz savollar) kabi topshiriqlarga ingliz tilida javob berib, o’z bilimlarini namoyish etishdi. Uy vazifa shartida esa, sinflar musiqiy chiqish tayyorlab, hammani lol qoldirishdi. Ingliz tilida she’r, qo’shiqlar kuylandi. O’quvchilarni baholash uchun hakamlar hay’ati etib, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, chet tillari kafedrasi o’q’ituvchilari Shamsematova Barno, Aripova Komola, Hasanova Barno taklif qilindi. Shuningdek, Islom akademiyasi prorektori Shuhrat Akmalovich Yavqochev mehmon sifatida tashrif buyurdi. Bellashuvda 3-“A”, 3-“B”, 3-“V”, 3-“G”,3-“D” sinf o`quvchilari ishtirok etdilar, bu sinflar orasida 3-“D” sinf o`quvchilari olgan bilimlarini ilg`orlik ila namoyish etib, birinchilikni qo’lga kiritishdi. Qolgan jamoalar ham faol ishtiroki uchun diplomlar bilan taqdirlandi.
Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo’ldi.

2 февраля 2021 года в актовом зале академии прошло соревнование между 3 классами нашей школы. В соревнованиях ученики продемонстрировали свои знания и навыки по английскому языку. Они сразились в таких конкурсах как, “Introduction of the groups», “spelling bee”, “making sentences”, “blitz questions”. На конкурсе домашнего задания команды должны были подготовить музыкально-танцевальный номер. Работы учеников оценивала почетное жюри в составе учителей академии. В соревнованиях победила команда 3-Д класса и была награждена дипломом. Остальные команды тоже были отмечены за активное участие.

‘Ziyo- Zukko umumta’lim maktabi» MCHJ 2021 yil 3-fevral kuni O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining faollar zalida , ingliz tilida 5-6-sinf o’quvchilari o’rtasida » Magic English» nomli musobaqa bo’lib o’tdi. Musobaqada “Intelligent minds”, “Dream team”, “ Genius team”, “Smart teens”, “Inspire youth” jamoalari ishtirok etdi. Tadbirda o’quvchilar “Introduction of the groups” (tanishtiruv), “Word chain” zanjir, “Tongue Twister”(tez aytish), dialoglar, rebuslar ishlab, o’z bilimlarini namoyish etdilar. Uy vazifasi uchun berilgan “My school day” mavzusida mustaqil video rolik tayyorlab, maktabimiz haqida ingliz tilida ma’lumot berildi. Tadbir so’ngida Erkin Vohidovning “Inson qasidasi” she’riga asoslangan qo’shiqni o’zbek, ingliz, turk, arab, rus, italyan va tojik tillarda kuyladilar. O’quvchilarni baholash uchun O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, chet tillar kafedrasi o’q’ituvchilari Shamsematova Barno, Aripova Kamola, O’lmasboyeva Malika, Ikanova Lazokat hakam sifatida taklif qilindi. Bellashuvda jamoalarning turli shartlarda olgan ballari umumlashtirilib g’olib jamoa aniqlandi va diplomlar bilan taqdirlandi. O’quvchilar ushbu musobaqada ingliz tilida o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini amalda qo’llab bera oldilar.

3 февраля 2021 года в актовом зале академии прошло соревнование Magic English” между 5 и 6 классами нашей школы. В соревнованиях ученики продемонстрировали свои знания и навыки по английскому языку. Они сразились в таких конкурсах как, “Introduction of the groups», “Word chain”, “Tongue Twister”, диалоги и ребусы. На конкурсе домашнего задания команды должны были подготовить видеоролик на тему “School life”. Работы учеников оценивала почетное жюри в составе учителей академии. Соревнования прошли очень интересно и полна эмоций.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here