«Quvnoq startlar» estafetasi. Ziyo-Zukko da 2020

0
67

Joriy yilning 7- oktabr sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 2 yo’nalishi – «Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish»ga qaratilgan tashabbus doirasida «ZIYO – ZUKKO» ta’lim maskani rahbariyati, Jismoniy tarbiya o’qituvchilari va Taekwondo murabbiylari tomonidan 1- sinf o’quvchilari va tarbiyachilari o’rtasida «Quvnoq startlar» estafeta musobaqasi o’tkazildi.
Unda ta’lim maskanimiz direktori Ismatova Nargiza Qamariddinovna so’zga chiqib ushbu musobaqada sportsevar bolalarning chaqqonligi, ziyrakligi va birdamligi sinovdan o’tkazilishi, bu kabi musobaqalar o’g’il- qizlarning sog’lom ulg’ayishini hamda bir jamoa bo’lib harakatlanishiga shuningdek, ular jismonan baquvvat, ruhan tetik va barkamol bo’lsa, o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga tez erishishlarini takidlab musobaqani ochib berdilar.
Musobaqa 5 ta sinf, yani 1a, 1b, 1v, 1g va 1d sinflari o’rtasida 7 ta bosqichda o’tkazildi va ular hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan hisoblab baholanib borildi.
Musobaqada fahirli 1- o’rinni 1-d sinf, 2- o’rinni 1-g sinf va 3- o’rinni esa 1-v sinf o’quvchilari egallashdi va tadbir tashkilotchilari tomonidan fahriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi hamda ushbu musobaqadan asosiy maqsad g’oliblik emas, balki jamoaviy birdamlik va ahillik ekanligi ta’kidlab o’tildi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here