Har faslning oʻzgacha xislati, fazilati va tarovati bor. Bu fasllar orasida kuz fasli betakrorligi bilan ajralib turadi. Sababi bu faslda bir-biridan sermazmun bayramlar nishonlanadi. Mana shunday bayramlar arafasida » Ziyo-Zukko umumtaʼlim maktabi» da «Oltin kuz» mavzusida ajoyib tanlov boʻlib oʻtdi. Bu tanlovda maktabning barcha sinflari faol ishtirok etdilar. Oʻquvchilar tomonidan yaratilgan moʻytasvirlar nigohi tushgan tomoshabinni oʻziga tortdi. Har bir suratda kuzning takrorlanmas goʻzalliklari aks etgan. Tanlovda gʻolib deb topilgan sinflar uchun estalik sovgʻalari taqdim etildi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here