“1-OKTYABR – USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” ZIYO-ZUKKO da 2020

0
120

Ustoz
Dunyo imoratlarining ichida eng ulugʻi maktab boʻlsa, kasblarning ichida eng sharaflisi va ulugʻi oʻqituvchilik va murabbiylikdir.
Boʻldi gulzor bogʻu chamanim,
Mehringizdan yayrar jon tanim.
Ardoqlaydi xalqim, Vatanim,
Sizga taʼzim, aziz ustozlar!
Ustoz- bu zotni har qancha eʼtirof etsak oz. Ustoz- oʻziga nisbatan mehrni odobi, taʼlim- tarbiyasi orqali yurakka yoʻllaydi. Aziz, Ustozlar! Sizlarga mashaqqatli va shu bilan birga sharafli mehnatingiz uchun mehringiz va iliq taftingiz uchun bir umr qoʻlimiz koʻksimizda taʼzim qilamiz.

Har yili 1 oktyabr` – Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo`lgan chuqur xurmat va e`tiroz saqlanib qolgan. Ustoz deganda, har kaysi inson kunglida chukur xurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg`ulari, shu bilan birga, xech kanday boylik bilan o`lchab, ado qilib bo`lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo`ladi.

Inson yashar ekan, eng avvalo, unga bilim va ma`rifat dunyosi sari yo`l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo`lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko`nglida hamisha minnatdorchilik tuyg`usi bilan yashaydi. Maktab ostonasiga ilk qadam qo`yganimizda qo`limizga qalam tutqazib, alifboni o`rgatgan birinchi ustozimiz siymosini, ustozimizning fidokorona mehnatini doimo chuqur entikish bilan eslaymiz va qalbimizda ularga nisbatan hurmat-ehtirom hissini tuyamiz. Ko`z nuri va qalb qo`rini ustozdek mashaqqatli va fidokorona kasbga bag`ishlagan azizlarimizni samimiy qutlab, minnatdorchilik bildirish biz shogirdlar uchun ham qarz, ham farzdir!

Aziz xalkimizning bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik kilmokchi bulsang, bug`doy ek, un yil yaxshilik qilmokchi bo`lsang, ta`lim – tarbiya ber» – deyilgan. Olamning gultojisi inson bo`lsa ular orasida suyuklisi ustoz – muallimdir. Ustozlar xaqida so`z ketganda beixtiyor beg`ubor bolaligimiz, orzu – intilishlarga to`la bolalik yillarimiz, ilk bora qo`limizga qalam tutqazgan birinchi o`qituvchimiz kuz oldimizda gavdalanadi. Bizlarning har bir savolimizga chuqur e`tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim. Sizlarga bugun qo`limizni ko`ksimizga qo`yib tashakkur aytamiz.

Aziz ustozlar, mo“tabar murabbiylar!!! Barchangizni qutlug` ayyom – O`qituvchi va Murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Farzand va shogirdlaringiz baxti va kamolini ko`rish doimo sizlarga nasib etsin. Mashaqqatli va sharafli kasbingizda ulkan yutuqlar, xonadoningizga doimiy xotirjamlik va sihat-salomatlik tilab qolamiz.

Профессия учителя одна из самых уважаемых, почетных и ответственных профессий. Можно сказать, что учитель создает будущее страны, т.к. от его труда во многом зависит разносторонность развития знаний молодого поколения, его убеждения, мировоззрение, нравственные качества. Педагогическая деятельность требует особого призвания. Воспитанием и обучением могут заниматься люди со склонностью и любовью к этому делу наверняка, каждый человек хранит в памяти образ первого учителя, помнит свой первый урок. И этому есть своё объяснение, так как педагог занимается не только обучением, но и воспитанием. Известно, что педагогика в переводе с греческого языка обозначает «вождение с детьми». Ещё в древности для обучения подрастающего поколения избирались люди, обладающие каким-либо ремеслом. В наши дни суть отбора специалистов для обучения осталась той же. Главной ценностью остаётся профессиональный уровень и знания учителя. Несомненно, у каждого педагога свой личный подход к работе. Но, тем не менее, базовыми личными качествами специалиста остаются ответственность, стрессоустойчивость и целеустремлённость. Характер преподавания зависит от области знаний специалиста. Так, для преподавания гуманитарных наук необходима коммуникабельность, развитое воображение, внимательность, артистизм и находчивость. Для естественных дисциплин необходима логичность, наблюдательность и оригинальность. Но общим для профессии педагога является любовь к детям, желание работать в познающем мир коллективе.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here