Bugundan maktab o‘quvchilari uchun televizion darslar boshlanadi. Dars jadvali va boshqa ma’lumotlar

0
238

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda bugun, 30 mart kunidan boshlab uchta telekanalda televizion darslar namoyish etishni boshlaydi.

Uzdigital TV MChJ abonentlari 1-4 sinflar uchun televizion darslarni National Geography Wild kanalida, 5-8 sinflar uchun Eurosport kanalida va 9-11 sinflari uchun esa «Oxota va ribalka» kanalida tamosha qilishlari mumkin.

Kabel televideniye hamda IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar o‘rniga namoyish etilishi mumkin.

Shuningdek, videodarslar yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin.

Soat 17:00 dan boshlab esa videodarslar takroran namoyish etiladi va yanada yaxshiroq o‘rganish uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi.

Xalq ta’limi vazirligi har hafta televizion darslar efir vaqti haqidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilib boradi.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi videodarslarni internet tarmog‘ida joylashtirib boriladi. Jumladan, videodarslar quyidagi manbalarda joylashtirib boriladi:

TASIX tarmog‘ida

https://mover.uz/channel/uzeduuz/

TASIX tarmog‘idan tashqarida

https://youtube.com/c/O-zbekistonRespublikasiXalqtalimivazirligi

https://t.me/uzeduonlinemaktab

Dars jadvali

National Geography Wild kanali:

1-sinf – o‘zbek sinflari 8:30 dan 9:15 gacha, rus sinflari 9:15 dan 10:30 gacha
2-sinf – o‘zbek sinflari 10:00 dan 11:15 gacha, rus sinflari 10:45 dan 12:15 gacha
3-sinf – o‘zbek sinflari 11:30 dan 12:15 gacha, rus sinflari 12:15 dan 13:15 gacha
4-sinf – o‘zbek sinflari 13:00 dan 15:15 gacha, rus sinflari 13:45 dan 16:15 gacha

Eurosport kanali:

5-sinf – o‘zbek sinflari 8:30 dan 9:15 gacha, rus sinflari 9:30 dan 10:15 gacha
6-sinf – o‘zbek sinflari 10:30 dan 11:15 gacha, rus sinflari 11:30 dan 12:15 gacha
7-sinf – o‘zbek sinflari 12:30 dan 13:15 gacha, rus sinflari 13:30 dan 14:15 gacha
8-sinf – o‘zbek sinflari 14:30 dan 15:15 gacha, rus sinflari 15:30 dan 16:15 gacha

«Oxota i ribalka» kanali:

9-sinf – o‘zbek sinflari 8:30 dan 9:30 gacha, rus sinflari 9:45 dan 10:45 gacha
10-sinf – o‘zbek sinflari 10:45 dan 11:45 gacha, rus sinflari 11:30 dan 12:45 gacha
11-sinf – o‘zbek sinflari 11:45 dan 12:45 gacha, rus sinflari 12:45 dan 14:00 gacha

SHARE
Previous articleNavruz bayrami
Next articleЭЪЛОН

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here