“Ziyo-Zukko Ta’lim Maskani”da 8 – mart bayrami

0
709

Men Abduraxmonova Zuhra “Ziyo-Zukko Ta’lim Maskani”da 2-“G” sinifida o`qiyman.

Bahorning ilk kunida maktabimizda juda ajoyib kun bo`ldi. Bu kun erta tohgda quyosh boshqacha nur sochdi.

 

Maktabimizning o`g`il bolalari o`quvchi qizlarni, ustozlarni bayramona kutib oldilar. Kayfiyatni kotaradigan bahor, onajonlar haqida bolajonlar tomonidan kuylangan qo`shiq, tabriknoma va chiroyli bezatilgan maktabimiz bizga juda yoqdi.

Kunning ikkinchi yarmida maktabimizda katta tadbir bo`lib o`tdi. “Onajonim bag`rida gullolaman” deb nomlangan tadbirga onajonlarimizni taklif qildik. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan sahna ko`rinishlari, kuy, qo`shiqlar mehmonlarni hushnud qildi. Ayniqsa, bolajonlar onalari uchun aytgan eng yaxshi tilaklari, o`z qo`llari bilan yasagan sovg`alari onajonlarga manzur bo`ldi.

Onajonlarimiz, onadek mehribon ustozlarimiz doimo bahor kabi go`zal bo`lishsin.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here