3-aprel 2019 yil “ZIYO-ZUKKO TA’LIM MASKANI” NTM da navbatdagi “Kichik akademiya”ning taqdimoti bo`lib o`tdi.

Taqdimotni 3-“B” sinf o`quvchilari Abdumannopova Risolat va To`lqinova Maxbubalar “Роза – царица цветов” mavzusida tashkil qildilar.


Atirgul haqida barcha ma’lumotlar slaydlar orqali namoyish qilindi, atirgul turlari, xsusiyati, sanoatda ishlatilishi, uning go`zalligi haqida gapirib o`tdilar.

Atirgul gulbarglaridan nimalar tayyorlanishi haqida ma’lumot berildi.
O`quvchilar, o`qituvchilar, onalar savol-javob, amaliy ishlarda faol ishtirok etdilar.
Atirgul murabbosini, atirgul choyini barcha ishtirokchilar ta’tib ko`rdilar.
O`quvchilar atirgul moyi, limon va asaldan onajonlari uchun yuzga niqob tayyorlab ko`rdilar.
Bu taqdimot barcha ishtirokchilarga, o`quvchilarga manzur keldi.

Abdumannopova Risolat va To`lqinova Maxbubalarning “Роза – царица цветов” mavzusidagi ishlari “Kichik akademiya” hayat a’zolari tomonidan 96 ball bilan baholandi va “Kichik akademiya”ga “Yosh tadqiqotchi” qilib qabul qilindilar.