Kichik akademiya

0
713

Men,  Anvarova  Odina  “ZIYO-ZUKKO TA’LIM MASKANI”  NTM 

3-“B” sinfda o`qiyman. Men a’lo baholarga o`qish bilan birga juda ko`p narsalarga qiziqaman. Masalan chet tillarini o`rganishga, qo`l mehnatiga, rasm chizishga, raqs tushishga.

Ustozimiz Shaxnoza Shaxobiddinovna “Kim bo`lsam ekan?” mavzusida insho yozishni aytdilar. Men juda ko`p o`ylandim, chunki menga o`qituvchilik, doktorlik, tikuvchilik kasblari juda yoqadi. Kim bo`lsam ekan deb o`ylanib yurgan vaqtimda men istmalab qolganim uchun  oilaviy shifokorimiz ko`rigiga chiqdim. Ana shunda men qon taxlili topshira turib, menga notanish bo`lgan bir narsaga ko`zim tushdi. U nima ekanligini so`radim, hamshira opa bu mikroskop dedilar. Men uyga kelib mikroskop haqida ma’lumotlar o`qidim va ustozimdan ham ko`p narsalarni bilib oldim.

Ustozim bilan izlanib “Teri haqida eng qiziq ma’lumotlar”ni bilib oldim va kichik tadqiqotimni do`stlarimga taqdim qildim. Unda inson terisi haqida, uning tuzilishi haqida, eng foydali vitaminlar mevalar va sabzavotlar ekanligi haqida do`stlarimga gapirib berdim va tasvirlarda amaliy ko`rsatib o`tdim. Sinfdoshlarim bilan birga terining tuzilishini amaliy  bajardik.

Mavzu: «Всё самое интересное о коже» deb nomlangan taqdimotimni taqdim qildim, ustozlarimiz va maktabimiz rahbari Nargiza Qamariddinovna meni “Kichik akademiyaga” kichik ilmiy hodim qilib saylashdi.  Shunday qilib, “Kim bo`lsam ekan?” mavzusidagi inshoimni “Men dermatolog shifokori bo`lmoqchiman” deb yozdim va besh baho oldim.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here