14.01.2019 yil sanasi kuni “Vatan himoyachilari kuni”ni o`quvchilar munosib kutib oldilar. Barcha ustoz va sinfdosh o`g`il bolalarni tabrikladilar. Qo`l mehnati darslarida o`zlari yasagan tabriknoma va suvenirlarni ustozlari, adalari va bobolariga sovg`a qildilar.
25.01.2019 yil sanasida “Biz bo`lajak Vatan himoyachilarimiz” mavzusida 3-sinflar o`rtasida sport musobaqasi tashkil qilindi. Unda o`quvchilar safda turish va yurish, safda qo`shiq aytish, arqon tortish, armwrestling, merganlik, qizlar uchun rolikda, o`g`il bolalar uchun velosipedda uchish, sport va vatanparvarlik haqida savollarga javob berish shartlarini bajardilar.
18.01.2019 yil sanasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan tadbirga iste’fodagi tibbiy xizmat podpolkovnigi, sog`liqni saqlash a’lochisi, O`zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi Turon Fanlar akademiyasi akademigi Iskandar Rahmon tashrif buyurdilar.
Bu tadbirda o`quvchilar I.Rahmonning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Shoirning sherlaridan yod oldilar, qo`shiqlarini kuyladilar, o`zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Mardlik, vatanparvarlik ruhida yozilgan sherlaridan I.Rahmon bolajonlar uchun o`zlari o`qib berdilar. Uchrashuv katta taasurotlar bilan yakunlandi.
Oylik davomida tarbiyaviy soatlar, “Mardlik va jasorat” mavzusida rasm chizish tanlovi, “Mening mahallam tarixini o`rganaman” mavzusida insholar tanlovi o`tkazildi va g`oliblar taqdirlandi.
Barcha g`olib bo`lgan sinflar “Maqtov yorliq”lari bilan taqdirlandilar.






