19-otyabr kuni “Ziyo-Zukko ta’lim maskani” NTM o`quvchilari Davlat tili qabul qilingan kun munosabati bilan “Ona tilim – jonu dilim” mavzusida tadbir yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda barcha ikkinchi sinf o`quvchilari o`zlarining bayramga bag`ishlangan dasturlarini namoyish etdilar. Sher yod olish, sahna ko`rinishi, ashula va raqslar barcha bolalarga zavq bag`ishladi.
Ona tilimizga bag`ishlangan fan oyligida “Eng chiroyli yozuv” tanlovi, “Eng ozoda va tartibli daftar egasi” tanlovi, ona tili, o`qish fanlari bo`yicha monitoringlar tashkil qilindi.