«Matematika bilimdonlari»

0
849

Maktabimizning 2-sinf o’quvchilari o’rtasida “Matematika bilimdonlari” tanlovi o’tkazildi. Mazkur tanlovning birinchi bosqichi har bir sinfda bo’lib o’tdi. O’quvchilarga ko’paytirish va bo’lishdan jami 16 ta misol berilib, asosiy e’tibor xatosiz ishlashga va topshiriqni qanchalik tez bajarilishiga qaratildi. Tanlov yakuniga ko’ra quyidagi o’quvchilar sinf g’oliblari deb topildilar va ular maktab bosqichida o’z bilimlarini yana bir bor sinab ko’rdilar.
2-A sinfdan Abdurazzoqova Omina
2-B sinfdan Mirsolixova Ominaxon
2-V sinfdan Akmalov Akbarxon
2-G sinfdan Abdulxaeva Xadicha
2-D sinfdan Igamberdieva Xadicha
2-D sinfdan Rustamxo’jaev Raximxo’ja

Maktab bosqichida ushbu o’quvchilarning barchasi topshiriqni deyarli bir vaqtda xatosiz bajarishga erisha oldilar.
Biz g’olib o’quvchilarimizni tabriklaymiz!

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here