Adiblar xiyobonida

0
670

Maktabimizning 2-D sinf o’z o’quvchilari o’z ustozlari va ota-onalari bilan birga Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog’ hududida barpo etilgan “Adiblar xiyoboni”da bo’ldilar. Sayohat Navoiy bobomizni xotirlashdan boshlandi.O’quvchilar maydonni aylanar ekanlar maktabda buyuk bobomizning hayoti va ijodi haqida o’tilgan darslarni esladilar.Sevimli shoirimiz Abdulla Oripov haykali yoniga kelganlarnida jo’r bo’lib madhiyamizni kuylashdi. Sayohat davomida o’quvchilarda shoir-yozuvchilarimizning asarlarini o’qish, ularning she’rlarini yod olishga yanada ko’proq qiziqish uyg’ongani hammani quvontirdi. Demak, ustoz o’zining sayohatdan ko’zlagan maqsadiga erishdi, ya’ni murg’ak qalblarda adabiyotga qiziqish uyg’ota oldi.

 

 

“Ma’rifat” ro’znomasining 2018 yil 14 apreldagi (№30) sonida boshlan g’ich sinf o’qituvchisi Mamanova Dinaraning mazkur sayohat haqidagi maqolasi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here