Maktabimizning 2-B sinf o‘quvchisi Nigmonov Ibroximni nafaqat barcha o‘quvchilar va ustozlar, balki barcha ota-onalar ham taniydilar. Unga hammaning havasi keladi. Ibrohim juda kamtarin, odobli, yaxshi o‘qishga intiluvchan bola. Yaxshi o‘qish bilan birga u sport bilan ham jiddiy shug‘ullanadi. Bugungi kunda u murabbiysi Isroilov Baxtiyor akadan TAEKWON-DO ( ITF) sport turidan saboq olmoqda. Uning yutuqlari shahar, Respublika miqyosidan xalqaro darajaga yetdi. Endilikda u O‘zbekiston bayrog‘ini katta musobaqalarda baland ko‘tarib, o‘zbek sportchilari qanday ekanligini jahonga namoyonetmoqda.
Oxirgi ikki yilning o‘zida uning o‘z tengdosh sportchilari orasida qo‘lga kiritgan g‘alabalari 17 tadan oshdi. Jumladan:
Qarshi viloyatida 2016–yil 1–o‘rin
Samarqand viloyatida 2016–yil 1-o‘rin
Buxoro viloyatida 2016–yil 1-o‘rin
Toshkent shahri 2017– yil 1-o‘rin, 2018–yil 1–o‘rin
Sochi shahrida 2016–yil “Kubok chernomorskogo poberejya” 1 va 3–o‘rin
|
Amerika qo‘shma shtatlarida 2017–yil1, 1, 1 o‘rin (3 ta medal) Florida TAEKWON-DO champion ship»
Boku shahrida 2017–yilda 1, 2, 3–o‘rinlar “Azerbaijan independence cup»
Italiyada 2017–yilda 1, 2, 2 o‘rin“Emilia Romagna –ITALY»
Malaziyada 2017-yil 1-o‘rin “ASIA TAEKWON-DO champion ship» |