Mazkur tadbir 2 fevral kuni soat 14:30 da Islom Universitetining majlislar zalida o’tkazildi.
Tadbirda maktabning barcha o’quvchilari, pedagog- tarbiyachilar, ota-onalar ishtirok etdilar.
Ko’rik tanlovda barcha 2-sinflardan 5 nafardan eng bilimdon o’quvchilar ishtirok etdilar. Ko’rik tanlov 8 bosqichdan iborat bo’lib, bular:
1-bosqich Komandalar tanishuvi – (komanda nomi, emblemasi)
2-bosqich Matematika yo’nalishi (savollar)
3-bosqich Boshqotirma
4-bosqich Savodhonlik yo’nalishi (so’zdan so’z top)
5-bosqich Ingliz tili (so’zlarni to’qri joylashtirib, gap hosil qil va gapni tarjima qil)
6-bosqich “Bo’qinlarni to’qri joylashtir va so’zlar tuz”
7-bosqich “Rasmlarni o’z tartibi bilan raqamla”
8-bosqich Kapitanlar bellashuvi (10 ta savolga 1 daqiqada javob ber)
har bir bosqichda o’quvchilar o’z bilimlarini namoyish etib, savollarga to’qri javob berishga qarakat qildilar.
Pedagoglar oldiga qo’yilgan asosiy maqsad, ya’ni o’quvchilar o’rtasida turli yo’nalishlarda kim eng bilimdon, eng zukko ekanligi aniqlandi.
Ko’rik tanlov yakuniga ko’ra 2-“g” sinf komandasi 111 ball yiqib, 1-fahrli o’rinni egalladilar va medal bilan taqdirlandilar.
T A B R I K L A Y M I Z !!!
Ko’rik-tanlovda faol ishtirok etgan 2-A, 2-B, 2-V, 2-D sinf o’quvchilari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Ularga keyingi ko’rik-tanlovlarda qoliblikni qo’lga kiritishlarida omad tilab qolamiz.