Islombekov Muxammadamin “ Imom al-Buxoriy nomidagi Kichik Akademiya”da “Yurak!!! Insonga kerak! ”mavzusida o‘z ilmiy ishini yoqladi
Muxammadamin 8 yoshda. U maktabimizning 2-A sinfida ta’lim oladi. A’lo baholarga o‘qishi bilan bir qatorda u juda ko‘p yangi bilimlarni egallash maqsadida turli ensiklopediyalarni mutolaa qiladi. Kelajakdagi orzusi maktabni tugatib, tibbiyot oliygohida o‘qish va yaxshi yurak jarrohi bo‘lish. Bu kasbga u yoshligidan qiziqadi. Chunki uning bobosi Yakubov Ubaydullo Yakubovich shu sohaning malakali mutaxassisi bo‘lib, bugungi kunda ham insonlarning sog‘ligini tiklashda katta hissa qo‘shmoqda. Muxammadamin o‘zining ilmiy ishida o‘z tengdoshlariga yurak tuzilishi va uni asrash yo‘llari , sog‘lom turmush tarzi, foydali mahsulotlarni iste’mol qilish, zararli barcha narsalardan o‘zini asrash haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Muxammadamin tomonidan ko‘rsatib berilgan rangli fotojamlanmalar, arxiv ma’lumotlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muxammadamin hali juda yosh bo‘lishiga qaramay o‘z tanlagan mavzusini juda qiziqarli, maroqli tushuntirib bera oldi.
Yana bir yangilik! Kuni kecha Muxammadamin o‘z oila a’zolari bilan birgalikda “Qiziqarli anatomiya” innovatsion interfaol kitob ixtiro qilib, maktabga sovg‘a qildi.
Ushbu kitobda inson organizmi qanday tuzilganligi haqida juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Ushbu kitob o‘quvchilarimizda katta qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur ilmiy ish va u yaratgan kitob Kichik akademiyaning ilmiy kengashi va ota-onalar tomonidan yuqori baholandi. Muxammadaminning kelajakda o‘z orzusiga erishib, yaxshi shifokor darajasiga erishishida omadlar tilaymiz!