O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yilning fevral oyida “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018” tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan Qur‘on bilimdonlari ishtirok etdilar. Maktabimizning 1-“G” sinf o‘quvchisi Kamolxonov Muhammadayub 8-12 yoshli bolalar o‘rtasida tilovat yo‘nalishi 1-boqichida munosib ishtirok etib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov imzolagan shahodatnomaga ega bo‘ldi.