Maktab tarixi

0
1622

Toshkent Islom Universiteti ta’sischiligida tashkil etilgan «ZIYO- ZUKKO TA’LIM MASKANI»   Nodavlat ta’lim muassasi 2016 yil sentyabr oyidan o’z ish  faoliyatini boshlagan bo’lib, bugungi kunda maktabda 100 nafar 1-sinf va 100 nafar 2-sinf o’quvchilari ta’lim olmoqdalar. Maktabda ta’lim o’zbek va  rus tillarida olib boriladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari va fan o’qituvchilarining barchasi oliy ma’lumotli, tajribali mutaxasislardir.Ularning 3 nafari “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi  “ ko’krak nishoniga ega.

“ZIYO-ZUKKO TA’LIM MASKANI” Nodavlat ta’lim muassasasi boshlang’ich ta’lim bo’yicha ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi. Ta’lim O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tayanch o’quv reja asosida olib boriladi. O’quvchilar kun davomida 8:30 dan  18.00 gacha ta’lim muassasasi hududida bo’ladi. O’quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya, qo’shimcha bilimlar, malakali meditsina xizmat ko’rsatiladi. Maktabda o’quvchilarni sog’lom ovqatlantirish yo’lga qo’yilgan bo’lib, kun davomida  ularga uch mahal sifatli, foydali mahsulotlardan tayyorlangan issiq ovqat beriladi.

Darslardan so’ng o’quvchilar sayrga chiqib dam oladilar va so’ngra 2 nafar pedagog  yordamida uyga berilgan vazifalarni to’liq bajaradilar. Kunning 16.00 dan 18.00 gacha bo’lgan vaqtida ular turli to’garaklarga qatnashadilar.   Ular uchun  1-sinfdan  ingliz va  rus tili , 2-sinfdan arab tili fan to’garaklari faoliyat ko’rsatadi. Shu bilan birga ularning aqlan va jismonan soqlom bo’lishi, qar tomonlama rivojlanishi uchun  shaxmat, TAEKWON-DO , badiiy gimnastika kabi to’garaklar faoliyat olib boradi.

Maktabda o’quvchilar uchun qiziqarli ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etiladi. Bular “Bilimdonlar ko’rik tanlovi, “She’rxonlik kechasi”, “Ingliz tili festivali” ,“ Sport-bizning do’stimiz”, “Shaxmatchilar turniri” va  ota-onalar uchun turli bayram tadbirlari o’tkaziladi. har chorak o’quvchilar teatr va muzeylarga sayohat qiladilar.

O’quvchilar kun davomida o’qituvchi, tarbiyachi hamda hamshira nazoratida bo’ladilar.

Ishontirib aytamizki,  bizning ta’lim muassasamizda kelajak avlod haqiqiy o’zbekona ta’lim va tarbiya uyg’unligida kamolga yetadi.

Bizning manzilimiz: Toshkent shahri , Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko’chasi 11-uy (Maktab binosi Toshkent islom universiteti hududida joylashgan )

Ma’lumot uchun telefonlar: 224-35-82, 224-35-81

 

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here